Televizor Artel ART-UA50H3502 Темно-серый Ex
Trade in

Televizor Artel ART-UA50H3502 Темно-серый Ex

5 877 882 so'm
685 704 so'm/oyiga

Sotuvchi:

KAM-STORES

Mahsulot haqida ma'lumotlar

Sizga taqdim etilayotgan Artel UA50H3502 4K UHD Smart Televizori o‘ziga xos va ta’sirchan dizayn, shuningdek, ko‘plab zamonaviy funksiyalarga ega. 4K Ultra HD 3840x2160 pikselli 50 dyuymli diagonalga ega ekran kino va teleko‘rsatuvlarni yuqori sifatda bemalol tomosha qilish imkonini beradi. Ekranning LED yoritgichi barcha qismini bir xil yoritib, asl ranglar va sifatli tasvirni beradi.


Taʼkidlash joizki, televizor AndroidTV funksiyasiga ega bo‘lib, u internetdan qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatish va ularni o‘rnatilgan 16 Gb flesh-xotirada saqlash imkonini yaratadi. Internetga ulanishni ham Wi-Fi yoki LAN orqali amalga oshirish mumkin. HDMI va USB ulagichlari yuqori aniqlikdagi kontentni aniq, buzilishsiz tomosha qilishni ta'minlaydi. Shuningdek, Artel UA50H3502 4K UHD Smart TV raqamli televideniye standartlarini qo'llab-quvvatlaydi, bu sizga yer usti, kabel yoki sun'iy yo'ldosh televideniyesini ulash imkonini beradi.


Audio tizim umumiy quvvati 20 Vt bo'lgan ikkita dinamikdan iborat bo'lib, ular real ovozni yaratadi. Time Shift funksiyasi ovoz bilan boshqariladigan masofadan boshqarish pultidagi maxsus tugma yordamida istalgan kanalni to'xtatib turish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan shovqinni kamaytirish tizimi shovqinsiz yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etadi.