

Sotuvchi:
KAM-STORES
Mahsulot haqida ma'lumotlar
Shivaki S65LU7500 televizoridagi o‘rnatilgan Wi-Fi moduli ortqicha simlarsiz va sozlash qiyinchiliklarisiz barqaror internet ulanishini ta’minlaydi. Buning yordamida siz o‘zingiz yoqtirgan film va seriallarni yuklab olish yoki kerakli kontentni qidirishga vaqt sarflamagan holda katta ekranda to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kinoteatrlardan tomosha qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz ko‘ngil ochar dasturlarni ko‘rish uchun YouTube, Netflix, Amazon Prime kabi boshqa turli ilovalarga kirishingiz mumkin bo‘ladi.
Shivaki S65LU7500 televizori Smart TV ni ham qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uni yanada ko‘p qirrali va foydalanish uchun qulay qiladi. Unga o‘rnatilgan operatsion tizim menyular bo‘ylab harakatlanishni va sozlamalarni o‘z xohishingizga ko‘ra sozlashni osonlashtiradi. Yuqori darajada ishlovchi protsessor tufayli siz barcha ilovalar va o‘yinlarning aniq va tez ishlashidan bahramand bo‘lasiz.
Shivaki S65LU7500 televizori, o‘yin pristavkalari, DVD pleyerlar, ovoz tizimlari va shu kabi turli xil qurilmalarni ulash uchun yetarchicha portlar bilan jihozlangan. Unga tashqi qurilmalarni ulaganingizda ham yuqori sifatli tasvir va ovozdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Bundan tashqari, ushbu televizor jonli teleko‘rsatuvni yozib olish va to‘xtatib turish funksiyasi bilan ham jihozlangan bo‘lib, bu sizga sevimli shou yoki sport tadbirining bir lahzasini ham o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi. O‘rnatilgan USB porti dasturlarni keyinchalik ko‘rish uchun flesh xotiraga yozib olish imkonini beradi.