

Sotuvchi:
KAM-STORES
Mahsulot haqida ma'lumotlar
Avalon AVL-RF308 VS muzlatgichi Avalon AVL-RF308 VS sovutgichi Total No Frost avtomatik muzdan tushirish texnologiyasi bilan jihozlangan bo’lib, kameralar ichidagi muz va qirovlar paydo bo’lish ehtimolini yoq qiladi, shuning uchun uni doimo muzdan tushirishga hojat yoq. Multi Cooking sovutish tizimi esa har ikkala kamerada havo aylanishi jarayonini optimallashtiradi va mahsulotning yangiligini saqlaydi. Ushbu model A ++ energiya samaradorligi sinfiga mos keladi va yiliga 255 kVt/s dan kop bolmagan elektr energiyasini istemol qiladi. Shu bilan birga, zamonaviy compressor bilan jihozlangan va ishlab chiqarilgan shovqin darajasi 39 db dan oshmaydi. Uning umumiy hajmi 308 litrni tashkil qiladi. Bu mahsulotlarni bir necha hafta oldindan saqlash uchun yetarli. Sovutgichda 3 ta temperli shisha javonlar, sabzavot va mevalar uchun katta konteyner, shuningdek, 3 ta katta eshik chontagi mavjud. Shisha javonlarning joylashuvini oz ixtiyoringizga qarab, ozgartirishingiz mumkin. Elektron boshqaruv panelidan foydalanib, siz kameralar ichidagi haroratini sozlashingiz va nazorat qilishingiz mumkin.