

Sotuvchi:
KAM-STORES
Mahsulot haqida ma'lumotlar
Artel 23MX39 mikrotoʻlqinli pechinig ishchi kamerasi hajmi 23 litrni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich kichik oilaga toʻliq tushlik yoki kechki ovqat tayyorlash uchun yetarli. Bundan tashqari, ichki kamera maxsus yopishqoq boʻlmagan emal qatlami bilan qoplangan, tirnalishga chidamli.
Barcha rejimlar uskunaning old qismida joylashgan kichik mexanik panel yordamida boshqariladi. Mikrotoʻlqinli pechda 60 daqiqalik taymer ham mavjud. Maxsus ovozli signal sizga dasturning tugashi haqida xabar beradi va siz pishirishni doimiy ravishda kuzatib borishingiz shart emas. Shu bilan birga, u 3 xil dasturga yega, jumladan tez pishirish va muzdan tushirish. Mikrotoʻlqinli pechda maksimal quvvat darajasi 800 vatt. Uning ixcham oʻlchamlari tufayli siz uni kichik stolga, yotoqxona stoliga yoki deraza tokchasiga qoʻyishingiz mumkin.